“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoada intellektual salohiyatni rivojlantirish maqsadida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Mazkur musobaqa xodimlar o‘rtasida nafaqat sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki mantiqiy fikrlash, strategik qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etib, keskin va murosasiz bahslarga boy o‘yinlar o‘tkazdilar.

Print Friendly, PDF & Email