Ijtimoiy tarmoqda Fermerlarga yonilg‘i tarqatish shahobchasi (FYTSh) xodimlari nomidan yozilgan murojaatga MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlardan birida “Farg‘ona neft bazasi”ga qarashli Fermerlarga yonilg‘i tarqatish shahobchasi (FYTSh) xodimlariga oylik maoshlari kam to‘lanayotgani to‘g‘risida chop etilgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
“Farg‘ona neft bazasi” MChJning 2020 yil davomidagi moliyaviy natijasi katta miqdordagi zarar bilan yakunlanganligi sababli “Farg‘ona neft bazasi”ning moliyaviy holatini yaxshilash, 2021 yilni moliyaviy zarar bilan yakunlamaslik va kelgusida korxonaning faoliyatiga iqtisodiy jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish hamda korxonaning moliyaviy ahvolini barqarorlashtiruvchi zaruriy choralarni ko‘rish maqsadida 2021 yil 19 aprelda “Farg‘ona neft bazasi” MChJ va uning tasarrufidagi filiallarda “2021 yil hisobot davrida moliviy holatni yaxshilash, moliyaviy zarar bilan yakunlash ehtimolining oldini olish hamda korxonaning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish choralarini ko‘rish to‘g‘risida”gi buyruq qabul qilingan.
Mazkur buyruqqa asosan “Farg‘ona neft bazasi” MChJni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida, shuningdek, jamiyatda ishlab chiqarish hajmining keskin qisqarganini inobatga olib, mehnat qonunchiligiga muvofiq ravishda jamiyatga qarashli Fermerlarga yonilg‘i tarqatish shahobchalari (FYTSh)ning katta operatorlari va operatorlari, faoliyati to‘xtatilgan FYTSh qorovullari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan hamda ularning shtatlar jadvalidagi ish haqi (okladi) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoriga keltirilgan.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: