Murojaatlar manzilli o‘rganilmoqda
Fuqaro R.Daliyevning 2023 yil 26 dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga yo‘llagan takroriy murojaati, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Mehnat inspeksiyasi Bosh mehnat huquq inspektori B.Abdullayev va “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida, mas’ul mutaxassis xodimlar murojaatchi R.Daliev bilan “Uchko‘priktumangaz” bo‘limida uchrashib, murojaatchi taqdim etgan hujjatlarni o’rganib chiqdi va o‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaat muallifiga batafsil tushuntirishlar olib borilib, kelgusida tibbiy xulosa va tegishli hujjatlar taqdim qilinganda, unga ko‘ra filial rahbariyati tomonidan boshqa yengilroq ishga o‘tkazilishida amaliy yordam berilishi haqida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: