Qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi
Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali rahbariyati hamda kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan qadim va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Filialda mehnat qilayotgan 50 nafardan ortiq xodimlardan tashkil topgan guruh tarixiy – madaniy obidalarga boy Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdilar.
Sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibi Xonim masjidi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Xazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurildi.
Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: