⛑Xodimlar donorlik aksiyasida ishtirok etdi
"O‘zbekneftgaz" AJ yoshlari tashabbusi va tibbiyot xodimlari hamkorligida muhtoj bemorlarga yordam berish maqsadida "Madad bo‘l"…
«Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali kasaba uyushmasi a’zolarining madaniy hordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali drama teatriga madaniy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida jamoa a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat akademik musiqali teatri ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan “Asl xazina” nomli gastrol spektaklini tomosha qildilar.
Mazkur madaniy tadbir xodimlarning ma’naviy dam olishlari, jamoada o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda milliy teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Filial Boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.





Spelling error report
The following text will be sent to our editors: