“Issiqlik elektr stansiyalari” AJda 2025-2027-yillar uchun tuzilgan “Jamoa shartnomasi”ning bajarilishi yuzasidan Sirdaryo IESda mehnat jamoasi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Ish beruvchi va kasaba uyushma qoʻmitasining 2025-yilda shartnoma bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Hisobotda, o‘tgan yilda 182 nafar ishchi-xodim sanatoriyalarga, 274 nafar farzand esa “Zomin sogʻlomlashtirish oromgohi” va “Sirdaryo bolalar oromgoh”lariga jo‘natilgani haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 136 nafar xodim Buxoro, Xiva, Samarqand va Toshkent shaharlariga, 548 nafar xodim esa dam olish maskanlariga yuborilganligi ta’ikidlandi.
O‘tgan davr mobaynida 50 dan ortiq sport va madaniy tadbirlar tashkil etilib, 65 nafar nafaqadagi faxriylar uchun “Mehr ulash” aksiyalari amalga oshirildi.
Konferensiyada jamoa shartnomasining tegishli bandlari bo‘yicha ochiq muhokamalar olib borildi.

Print Friendly, PDF & Email