“Taxiatosh IES” AJ da “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

“Taxiatosh IES” AJ da 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan  faxriy energetiklar, korxonada faoliyat yuritayotgan xodimlar va yoshlar ishtirokida  “uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda dastlab, korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasi raisi ustozlarni sharafli mehnat faoliyatlarini yuksak e’tirof etib, ularni bayram bilan qutladi hamda samimiy tilaklar bildirishdi.

Shuningdek uchrashuv davomida mehnat faxriylari o‘zlarining ko‘p yillik mehnat faoliyatlari, hayotiy tajribalari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berishdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot davomida tadbir ishtirokchilari ustozlarga o‘zlarining qiziqtirgan savollari va tilaklarini bildirishdi.

Manba: “IES” AJ BKUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati 

Print Friendly, PDF & Email