“Boshqaruv raisi kubogi” Qashqadaryo viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Anʼanaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Boshqaruv raisi kubogi» musobaqasining Qashqadaryo viloyat bosqichida bu yil 16 jamoa ishtirok etdi. O’yinlar «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qashqadaryo viloyat filialida sport maydonida bo‘lib o‘tdi.

Xususan, kuchli jamoalardan Koson tumani energetiklari bu gal yarim finalda yurishini to‘xtatib, 3-o‘rin bilan kifoyalandi. Finalda har jihatdan tajribali Shahrisabz birlashgan jamoasi Mirishkor tumani ustidan ustunlikka erishib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

Manba: “Qashqadaryo HET” KUQ

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email