Issiqlik elektr stansiyalari tizimi korxonalarida “Kasaba uyushmasi faoliyatida buxgalteriya hisobi va ijtimoiy sug‘urta masalalari” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.
📅 2026-yil 20-yanvar kuni issiqlik elektr stansiyalari tizimi korxonalarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushmalari raislari va hisobchilari uchun videokonferensiya shaklida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Seminar davomida kasaba uyushmalari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam turlari, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, mehnatkashlarga ajratiladigan moddiy yordam, nafaqa va kompensatsiyalarni rasmiylashtirish masalalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, sanatoriy va bolalar oromgohlari yo‘llanmalari, bayram sovg‘alari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar uchun ajratiladigan to‘lovlarni yuritish amaliyotiga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi moliya bo‘limi mudiri ma’ruza qilib, kasaba uyushmasi byudjetini shakllantirish, xarajat yo‘nalishlari, a’zolik badallarining tushumi va taqsimoti, moliyaviy intizom hamda taftish o‘tkazish talablari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.
Bundan tashqari, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobchisi tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, a’zolik badallarini hisoblash, moddiy yordam ajratish, shuningdek, oylik, choraklik va yillik hisobotlarni to‘ldirish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
🔹 Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida savol-javob va o‘zaro fikr almashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: