“Muborak GQIZ” kasaba uyushma qo‘mitasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida “Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish, ishchi-xodimlarni mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi, milliy qadriyatlari hamda bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida zavod ishchi-xodimlari uchun qadimiy va navqiron Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida zavod ishchi-xodimlari buyuk ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va ziyorat maskanlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, Imom al-Buxoriy majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Registon maydoni, Ulug‘bek rasadxonasi hamda zamonaviy Samarqandning diqqatga sazovor maskanlaridan biri bo‘lgan “Samarkand City” majmuasiga tashrif buyurdilar. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yashagan uyi va qabrini ziyorat qildilar.
Sayohat yakunida ishchi-xodimlar mazmunli hordiq chiqarish, tarixiy maskanlarni ziyorat qilish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratib bergan “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi hamda “Muborak GQIZ” kasaba uyushma qo‘mitasiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Print Friendly, PDF & Email