«Toshkent IES» AJda – millionlar o‘yini
«Toshkent IES» aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan yosh xodimlar o‘rtasidagi mini-futbol bo‘yicha musobaqalarga start berildi.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» bosh g‘oyasi asosida tashkil etilgan musobaqalarda jamiyat ishchi-xodimlari o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar davom etmoqda.
Bugungi kunga kelib, 2-Qozon turbina sexi hamda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati jamoalari musobaqada yetakchilik qilmoqda. Final uchrashuvlarini kelgusi hafta o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga umumiy rahbarlik «Toshkent IES» AJ Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Musobaqalarga hakamlik qilish hamda jamoalarni tayyorlash jarayonlari esa qo‘mitaning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi uchun mas’ul xodimlari tomonidan olib borilmoqda.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar bilan bir qatorda, «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hujumchi» va «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo‘yicha munosib ishtirokchilar ham Kasaba uyushmasi qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mazkur musobaqa xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: