🌷 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan jamoamizning muhtaram ayol xodimalari ish boshlanishidan avval tantanali ravishda qutlandi. Korxonaning erkak xodimlari tomonidan ularga gul dastalari hamda bayramona sovg‘alar taqdim etilib, samimiy tilaklar bildirildi.

2026-yil 6-mart kuni “Magistraltarmoqqurilish” filialida ish kuni bahoriy kayfiyat va samimiy muhitda boshlandi.

💐 Ushbu e’tibor va ehtirom orqali jamoamizda mehnat qilayotgan ayollarning fidokorona mehnati, jamoa hayotidagi o‘rni hamda jamiyatimizdagi beqiyos qadri yana bir bor e’tirof etildi.

🌹 Shu munosabat bilan “Magistraltarmoqqurilish” filiali jamoasi barcha muhtaram ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, farovonlik va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Print Friendly, PDF & Email