Energetiklar ko‘hna Samarqandda
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!” shiori ostida sayohat tashkil etildi.
Shu munosabat bilan, “O‘zenergosozlash” MChJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan korxona xodimlari uchun ko‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
Ushbu tashabbus energetika sohasi mutaxassislarini e’zozlash, ularning ma’naviy dunyosiga hurmat va e’tiborni kuchaytirish, shu bilan birga ichki turizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadlarini o‘zida mujassam etdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: