“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”: Samarqand sari ilhomlantiruvchi safar
“O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari uchun “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hordiq chiqarishni tashkil etish, ularning boy tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida 2026-yil 28-mart kuni 50 nafar xodimdan iborat guruh uchun Samarqand shahriga sayohat tadbiri tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar yurtimizning qadimiy va betakror tarixiy maskanlaridan biri bo‘lgan Samarqand shahrida joylashgan muqaddas qadamjolar, nodir tarixiy obidalar milliy qadriyatlarimiz va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shu bilan birga, ushbu sayohat mehnatkashlarning mazmunli dam olishini ta’minlash, ularning jamoaviy hamjihatligini yanada mustahkamlash, korporativ ruhni yuksaltirish hamda kelgusidagi ish faoliyatida yuqori samaradorlikka erishishga rag‘batlantirishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: