“Uzbekistan GTL” MCHJda ishchi-xodimlar uchun uch mahal issiq ovqatni tashkil etish amaliyotini oʻrganish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi zavod va boshqarmalarning masʼul xodimlari hamda kasaba uyushma qoʻmitasi vakillari ishtirokida oʻquv-seminar yigʻilishi oʻtkazildi.

Ishtirokchilar korxona oshxonasida yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, issiq taomlarni tayyorlash va tarqatish jarayonlari, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish boʻyicha amaliy tajribalar koʻrib chiqildi.

Seminar yakunida “Uzbekistan GTL” MCHJda joriy etilgan mazkur tizimni jamiyat tizimidagi boshqa korxona va boshqarmalarda ham tatbiq etish, shart-sharoitlarni yanada qulaylashtirish, sifatli va toʻgʻri ovqatlanishni yoʻlga qoʻyish yuzasidan tajribalar almashildi.

Print Friendly, PDF & Email