“Toshkent Issiqlik Elektr Stansiyasi” AJ kasaba uyushma qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi. Unda qo‘mita a’zolari, sex qo‘mitalari raislari hamda qo‘mitaning doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2026 yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, erishilgan natijalar va mavjud kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ikkinchi chorak uchun rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Birinchi chorakda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar chuqur o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi. Ayniqsa, ishchi-xodimlar uchun yaratilayotgan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash, ularni turli ijtimoiy va sport tadbirlariga keng jalb etish yuzasidan tegishli taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Print Friendly, PDF & Email