“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida ma’rifiy uchrashuv
⚡️2026-yil 6-may kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining tashabbusi bilan Aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️Tadbirda taniqli olim, zukko adabiyotshunos, filologiya fanlari nomzodi, Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYUU) dotsenti, “Shuhrat” medali sohibi, adabiy-tanqidiy maqolalar hamda dolzarb ijtimoiy-ma’naviy mavzulardagi publitsistik asarlar muallifi Rahmon Qo‘chqor ishtirok etdi.
⚡️ Davra suhbati davomida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan milliy o‘zligimiz, buyuk ajdodlardan meros davlatchiligimiz, ozodlik yo‘lidagi qurbonlar, jadid bobolar orzusi, shuningdek, Vatan hamda Mustaqillik singari ulug‘vor tushunchalarning asl mohiyati haqida fikrlar bildirildi.
⚡️ Ochiq muloqot davomida ishtirokchilar Vatanga mehr, adabiyotga oshnolik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida fikr almashdilar.
⚡️ Uchrashuvning savol-javoblar qismi qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: