📖“Tolimarjon IES” AJda “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
🏆“Yoshlar oyligi” doirasida “Tolimarjon IES” AJda korxona yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. …
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filialida “Jaholatga qarshi — maʻrifat” mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Qarshi texnologiyalar universiteti professor-oʻqituvchilari hamda Respublika Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, fuqarolarimiz ongida maʻrifat, bagʻrikenglik va milliy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida din va eʻtiqod erkinligi, diniy bagʻrikenglik, turli yot gʻoyalarning salbiy oqibatlari hamda maʼrifat orqali jamiyat barqarorligini taʼminlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tayyorlangan videorolik namoyish etilib, unda tinchlik, hamjihatlik va maʻrifatning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni keng yoritildi.









Spelling error report
The following text will be sent to our editors: