O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining “Xodimlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida “Sport kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida institut xodimlari o‘rtasida voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha do‘stona sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iboratdir.

Bu kabi sport tadbirlari jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, ish unumdorligini oshirish va xodimlarning salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email