✅ 25-iyun — “Sog‘lom turmush tarzi kuni” munosabati bilan “O‘zbekgidroenergo” AJda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Jamiyatning faol yoshlari hamda boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

🔵 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

🏓 Mazkur sana doirasida Jamiyat hovlisida stol tennisi va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Bellashuvlar sog‘lom raqobat ruhida, yuqori kayfiyat va faol ishtirok bilan o‘tdi.

🔵 Bunday tadbirlar jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash, hamjihatlikni oshirish hamda yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email