Buxoro NQIZda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 29 yilligi munosabati bilan “Mustaqil O‘zbekiston – g‘ururim, iftixorim!” shiori ostida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi.

🧠 Festival doirasida tashkil etilgan turnirda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in bahslar davomida ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi, milliy qadriyatlar, yurtimiz taraqqiyoti hamda Buxoro NQIZ faoliyatiga oid savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

🏆 Intellektual bellashuv yakunida jamoalar o‘z jamoalari hisobiga muhim ballarni jamg‘arib, festivalning umumiy reytingida munosib natijalarini qayd etdilar.

Jumladan:
– I o‘rin 20-sex (10 ball)
– II o‘rin 3-sex (8 ball)
– III o‘rin 2-sex (6 ball)
qolgan barcha jamoalarga 2 ball taqdim etildi.

Bugungi o’yin katta marafonimizning boshlanishi xolos. Oy davomida sport va ijodiy musobaqalarda qatnashib, umumiy reyting uchun kurashadilar. Avgust oyi oxirida esa eng faollar va g’olib jamoalar maxsus «BNQIZ kubogi» va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

🎉 “Zakovat” turniri xodimlarning bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish bilan birga, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlab, ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh va bayramona kayfiyat ulashdi.

Mustaqillik – g‘ururimiz, iftixorimiz va birdamligimiz timsoli!

Print Friendly, PDF & Email