Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
“Hududgaztaʼminot” AJ markaziy apparatida xodimlar, xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʻib etish, mutolaa orqali ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida Kitobxonlik haftaligi tashkil etildi.
Haftalik doirasida yurtimizning nufuzli nashriyotlaridan biri ishtirokida kitoblar yarmarkasi oʻtkazilib, unda badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar namoyish etildi. Xodimlar oʻz farzandlari uchun xarid qilishlari mumkin boʻlgan bolalar adabiyotlariga ham alohida oʻrin berildi.
Shu bilan birga, markaziy apparatda xodimlar, ayniqsa, yosh mutaxassislarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularda muntazam kitob oʻqish odatini shakllantirish maqsadida “Kitob burchagi” tashkil etildi. Mazkur burchakdagi kitoblardan xodimlar istalgan vaqtda foydalanishlari hamda mutolaa qilishlari mumkin.
Qayd etish kerak, kitob mutolaasi insonning maʼnaviy kamoloti, kasbiy salohiyati va keng dunyoqarashini shakllantirishdagi oʻrni beqiyos. Ayniqsa, yosh avlodni ilm-fan va mutolaaga oshno etishning ahamiyati bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Shu madsadda “Hududgaztaʼminot” AJda yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan bunday tashabbuslar davom ettirilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: