Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
«Uzbekistan GTL» MChJda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirishga qaratilgan «Gender tushunchasi va uning mohiyati» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirni gender masalalari bo‘yicha tajribali ekspertlar Matluba Ochilova va Go‘zal Mamadaliyeva olib bordi. Seminar davomida jamiyat va ishlab chiqarish sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, gender tengligining mazmun-mohiyati, oila va jamoada o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash kabi masalalar muhokama qilindi.
“Gender tengligi – bu faqat ayollar huquqlari emas, balki jamiyatning har bir a’zosi o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun yaratilgan adolatli imkoniyatlar tizimidir”, – dedi Matluba Ochilova.
Ochiq muloqot va savol-javob tarzida o‘tgan seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
🔻"O‘zbekgeofizika" aksiyadorlik jamiyati filiallarida Jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida 24-fevral kuni mazkur filialda…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: