XAVFSIZ MEHNAT — BARQAROR RIVOJLANISH ASOSI
28-aprel — Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon…
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan “Toshkent IES” AJ ma’muriyati va korxona kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan TashGRES “Energetik” shirkatida istiqomat qiluvchi keksa yoshdagi fuqarolar, kam ta’minlangan hamda ko‘p bolali oilalar holidan xabar olindi.
Tashriflar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, ular bilan samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi ezgu tashabbuslarning mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.






Bayram munosabati bilan mahalla ahliga ezgu tilaklar bildirilib, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom va g‘amxo‘rlik ko‘rsatildi.
Keksalarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasi va ibratli faoliyatini qadrlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlardan biridir.
Bunday ezgu tashabbuslar mahalla va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, mehr-oqibat, hamjihatlik va insonparvarlik tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: