Konferensiyada 2025–2027-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Unda mehnat jamoasi manfaatlarini himoya qilish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ijtimoiy himoya kafolatlarini kuchaytirish va yosh mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Konferensiya davomida, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi birinchi oʻrinbosari S.Toʻxtayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin va jamiyat kapital qurilish boʻyicha direktor o’rinbosari Sh.Allazarovlar ishtirok etdi va soʻzga chiqdilar.

Jamiyat Boshlang’ich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Q.Rajapov oʻzining kengaytirilgan hisobotida 2025-yil davomida jamiyat rahbariyati bilan hamkorlikda jamoa shartnomasidagi belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanganligi, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlida tizimli ishlar olib borilgani, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari izchil amalga oshirilganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar va rejalar yuzasidan aniq yoʻnalishlar belgilab olindi.

Konferensiya ochiq muloqot, konstruktiv taklif va tashabbuslarga boy tarzda oʻtib, mehnat jamoasi birdamligi hamda hamjihatligini yana bir bor namoyon etdi.

Print Friendly, PDF & Email