JAMOAMIZ XOTIN-QIZLARIGA E’TIBOR
Ustyurt gaz-kimyo majmuasida “Uz-Kor Gas Chemical” QK xotin-qizlar va Kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan yaqinlashib kelayotgan…
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash hamda jamoada hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida «Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan «Baxtshahargaz» gaz ta’minoti bo‘limida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlar uchun Samarqand viloyati bo‘ylab sayohat tashkil etildi.



Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning boy tarixiy va madaniy merosi, qadimiy me’moriy obidalari hamda muqaddas ziyorat maskanlarini ziyorat qildilar. Xodimlar Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Imom-Al Buhoriy va boshqa tarixiy maskanlar bilan yaqindan tanishib, yurtimizning ko‘p asrlik tarixi va milliy qadriyatlari haqida yanada boy tasavvurga ega bo‘ldilar.
Mazkur sayohat xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mehnat faoliyatidagi ruhiy tetiklikni oshirish hamda jamoada o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: