“Namangan HETK” AJda Jamoa shartnomasining 2021 yil hisobot konferensiyasi bo’lib o’tdi
25.03.2022y. “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadrolik jamiyatida 2022 yilning 25 mart kuni 2020-2022 yillarga mo’ljallangan Jamoa shartnomasining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot konferensiyasi bo’lib o’tdi.
Konferensiyada O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashidan vakil R.Jo’rayev, korxona bosh derektori J.Xalilov, kasaba uyushmaqo’mitasi raisi R.Dedamirzayev hamda korxona ishchi xodimlari ishtirok etdilar.
Konferensiya savol-javob tarzida bo’lib, konferensiya ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda o’z taklif va mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: