FAOLLIK VA FIDOKORLIK E’TIROFI: KASABA UYUSHMASI FAOLLARI TAQDIRLANDI
🔺11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Farg‘ona IEM filialida kasaba uyushmasi faoliyatida tashabbuskorlik va faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi.
🔺Tadbir Farg‘ona IEM filiali ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
🔺Unda mehnat jamoasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, xodimlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni keng targ‘ib qilishda faol ishtirok etib kelayotgan xodimlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔺Tadbir yakunida kasaba uyushmasi faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faollarga minnatdorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
🔺Bunday e’tirof va rag‘batlantirishlar jamoada hamjihatlikni mustahkamlash, ijtimoiy faollikni oshirish hamda kasaba uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: