«O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayrami munosabati bilan «Urganchtransgaz» MCHJ kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tizim tashkilotlari kasaba uyushmalari faollari uchun mazmunli va unutilmas tadbirlar tashkil etildi.

Bayram tadbirlari doirasida soha fidoyilari uchun maxsus amaliy seminar o‘tkazildi. Ushbu seminar nafaqat xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning madaniy-ma’rifiy hordiq chiqarishini hamda jismoniy faolligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Seminarning birinchi kuni boy tariximiz va muqaddas qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

Tadbirning ikkinchi kuni esa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga bag‘ishlanib, seminar dasturi doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari va faol harakatdagi tadbirlar ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlab, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Print Friendly, PDF & Email