Bugun, 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori I. Batirov tashabbusi bilan filial xodimlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Q. Rajapov so‘zga chiqib, filial tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlarning mehnat va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilayotgan munosib mehnat sharoitlari hamda kasaba uyushmalarining jamoa hayotidagi muhim o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi faollari va xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning mas’uliyatli va sharafli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Bayram tadbiri doirasida energetika sohasida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib, o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi va mas’uliyati bilan jamoa hurmatiga sazovor bo‘lgan, kasaba uyushmalari faoliyatida alohida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh faollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kasaba uyushmalari — xodimlar manfaatlari, mehnat huquqlari va ijtimoiy himoyasining ishonchli tayanchi!

Print Friendly, PDF & Email