“O‘zbekgeofizika” AJda 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Jamiyat ma’muriyati, Birlashgan hamda Bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar kasaba uyushma qo‘mitalari raislari so‘zga chiqib, jamoani bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
Bayram doirasida ko‘p yillar davomida Jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan 2 nafar xodim faxriy nafaqaga kuzatilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan kamondan o‘q otish musobaqasining g‘olib va sovrindorlari, yil davomida kasaba uyushmasi tadbirlarida faol ishtirok etgan xodimlar ham munosib rag‘batlantirildi.
🏆 Tadbirda kasaba uyushmasi faoliyatida erishilgan yutuqlar ham alohida e’tirof etildi. Jumladan:
🥇 Elektr energiyasi va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash yo‘nalishida — 1-o‘rin;
🥈 Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha Respublika ko‘rik-tanlovida — 2-o‘rin;
🥈 “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” Respublika tanlovida — 2-o‘rin;
🥇 “Mehnat muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi yosh mutaxassis” yo‘nalishida — 1-o‘rin qo‘lga kiritildi.
Bundan tashqari, kasaba uyushmasi tadbirlaridagi faolligi va jamoat ishlaridagi munosib ishtiroki bilan ajralib turgan xodimlar ham taqdirlandi.
Mamlakatimiz yoqilg‘i-energetika sohasi rivojiga qo‘shgan ko‘p yillik samarali hissasi munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan “Kasaba uyushma fidoyisi” diplomi va esdalik sovg‘alari Birlashgan hamda Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislariga topshirildi.
Bayram tadbiri yakunida barcha xodimlar yana bir bor 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan qutlanib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Print Friendly, PDF & Email