⚽️🏀🏓 Energetika vazirligida sport kuni doirasida navbatdagi musobaqalar o‘tkazildi
I.D. Mendeleyev nomidagi Kimyo-texnologiya universiteti hududida Energetika vazirligi xodimlari uchun sport kuni munosabati bilan navbatdagi musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqalar davomida futbol, basketbol va stol tennisi bo‘yicha bahslar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Mazkur tadbirlar davlat organlari va tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.
Sport musobaqalari jamoada do‘stona muhitni mustahkamlash, sog‘lom raqobatni rivojlantirish va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: