“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida “Yangi O’zbekistonda «Inson qadri uchun» ustuvor tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar” hamda «Sog‘lom oila-baxtli hayot» shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali hamda Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan “Yangi O’zbekistonda «Inson qadri uchun» ustuvor tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar” hamda «Sog‘lom oila-baxtli hayot» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda so’zga chiqqan Buxoro muhandislik texnologiya-instituti katta o‘qituvchisi Adiz Azimov bugunga qadar mamlakatga olib borilayotgan islohotlar, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilning amalda ekanligi, yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdi.
Shuningdek, tadbir davomida falsafa fanlari doktori, professor Gulandom Yunusova sog’lom oila va unda ota-onaning o’rni, farzand tarbiyasida uning ta’siri haqida gapirib o’tdi. Shubhasiz, ma’ruzalar hayotiy misollar asosida ochib berildi. Fikr va mulohazalar bildirildi.
Manba: «Hududgaz Buxoro» GTF KUQ matbuot xizmati
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: