Fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning ish unumdorligiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, ish jarayonida faoliyat samaradorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

«Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni» munosabati bilan bugun 28-aprel kuni «O’zneftegaz burg’ulash ishlari» MCHJ da «Sogʻlom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik» mavzusida tadbir tashkil etildi.

Ish jarayonida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishchi xodimlar uchun qulaylik yaratish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish inson salomatligini himoya qilish hamda ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu qatorda baxtsiz xodisa tufayli vafot etgan jamiyatimiz sobiq xodimining oilasidan xabar olinib kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan moddiy yordam va oziq-ovqat maxsulotlari berildi.

Print Friendly, PDF & Email