“Yangi Angren IES” AJda mini futbol musobaqasi yakunlandi

“Yangi Angren IES” AJda 11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan tashkil etilgan mini futbol musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan bellashuvlarda korxonaning bir qator jamoalari o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxrli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

🥇 1-o‘rin — 2-QTЦ jamoasi

🥈 2-o‘rin — YUЦ jamoasi

🥉 3-o‘rin — MTЦ jamoasi

G‘olib va sovrindor jamoalarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email