Mehnat huquqlari va ijtimoiy himoya – e’tibor markazida
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbir Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, hisobchilari va mutaxassislari uchun o‘tkazildi.
Seminarda kasaba uyushmalarining ustuvor yo‘nalishlari, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mehnat muhofazasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ish yuritish, moliyaviy hisobotlarni shakllantirish va kasaba uyushmasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
O‘quv-seminar ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tajriba almashish hamda kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: