«YANGI ÖZBEKISTON – YANGI KASABA UYUŞMALARI»: UGKMda ÖZBEKISTON KASABA UYUŞMALARI KUNIGA BAĞIŞLANGAN BAYRAM TADBIRI BÖLIB ÖTDI
Ustyurt gaz-kimyo majmuasida 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlangan bayram tadbiri bölib ötdi. Bayram «Yangi Özbekiston – yangi kasaba uyuşmalari» şiori ostida ötkazilib, korxona rahbariyati, kasaba uyuşmasi qömitasi vakillari, majmua xodimlari va mehmonlarni bir joyga jamladi.
Tadbir davomida UGKM Kasaba uyuşmasi qömitasi raisi Azamat Tleumuratov, Ustyurt gaz-kimyo majmuasi direktori Tölagan Jörayev, «Uz-Kor Gas Chemical» MÇJ QK rahbari örinbosarlari Şuhrat Yoqubov va Jamşid Şarapov tabrik sözi bilan çiqiş qildilar. Ular öz nutqlarida xodimlarning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy kömakni kuçaytiriş hamda qulay mehnat şaroitlarini yaratişda kasaba uyuşmalari harakatining ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
🏆 Sport, hamjihatlik va jamoaviy ruh
Kasaba uyuşmasi qömitasi tomonidan taşkil etilgan sport musobaqalari ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri böldi. Bir neça kun davomida majmua xodimlari mini-futbol, voleybol, stol tennisi, şaxmat va şaşka böyiça bellaşib, sport mahorati, ğalabaga bölgan iroda va jamoaviy hamjihatlikni namoyiş etişdi.
Turnirlar yakuniga köra eng yaxşi sportçi va jamoalar munosib taqdirlandi. Sport bellaşuvlarida faollik körsatgan iştirokçilar, jumladan, «Barkamol işçi-xizmatçilar» tarmoq forumida muvaffaqiyat qozongan korxona vakillariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, xodimlar farzandlarining yozgi ta’tilini taşkil etişga hissa qöşgan işçilar va hamkorlar, şuningdek, taşabbuskorlik, faollik körsatgan hamda jamoat işlariga mas’uliyat bilan yondaşgan sex va bölinmalarning kasaba uyuşmasi vakillari ham e’tirof etildi.
Bayram Qoraqalpoğiston san’atkorlari iştirokidagi konsert dasturi bilan yakunlanib, barça yiğilganlarga kötarinki kayfiyat va yorqin tuyğular ulaşdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: