MUHOFAZA VA EHTIROM: «O‘ZBEKKO‘MIR» AJDA BAYRAM TADBIRI
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatida bayram tadbiri tashkil…
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Namangan hududiy filialida navbatdagi ma’rifat soati doirasida yurtboshimizning suyukli nabiralari Shavkatbekka parvoz davomida bitgan samimiy maktubining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida maktubda aks etgan hayotiy qarashlar, insoniy fazilatlar, oilaviy qadriyatlar, kattalarga hurmat va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat kabi muhim tushunchalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir ishtirokchilari maktubda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Bunday uchrashuvlar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat va hayotiy mas’uliyat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: