«Yurt kelajagi siz kabi millionlab yoshlarga bog‘liq»
Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiya boshlig‘i va xodimlari ishtirokida Prezident Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan maktubi o‘qib eshittirildi va muhokama qilindi.
Iordaniyaga safar chog‘ida yozilgan maktubda yosh avlod tarbiyasi, ilm-ma’rifat, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar haqida so‘z boradi.
«Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan unumli foydalan, ammo ularga qaram bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘l!» — deya ta’kidlaydi davlat rahbari.
Maktubda bilim olish, vaqtni qadrlash, halollik, intizom va Vatan ravnaqi uchun xizmat qilishga oid hayotiy nasihatlar ham o‘rin olgan.
Bunday g‘oyalar har birimizga mas’uliyatimizni eslatadi: yosh avlodning kelajagi, mamlakat taraqqiyoti va xalq manfaatlariga xizmat qilish barchamizning vazifamizdir.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: