💫 Muqaddas Ramazon oyida hamda kirib kelayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali rahbariyati hamda kasaba uyushmasining tashabbusi bilan oilaviy sharoiti og’ir va baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig’ini yo‘qotgan  ishchi-xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olindi.

⚡️ Shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarida mehnat qilayotgan ehtiyojmand xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

✨ Ushbu xayrli tashabbus Ramazon oyining eng ulug‘ fazilatlari — mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikni yana bir bor namoyon etdi.

Ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik xodimlar hamda ularning oila a’zolariga samimiy quvonch ulashib, jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini yanada mustahkamladi.

Ramazon oyining fayzi va barakasi har bir xonadonga tinchlik, sog‘lik va farovonlik olib kelsin.

Print Friendly, PDF & Email