Surxondaryo va Andijon bo‘linmalari xodimlari Toshkent sayohatida
“Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida “HET” AJ “Energosavdo” filiali tomonidan 21-22 noyabr kunlari keksa avlod vakillari va xodimlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sayohatlar tashkil etildi. Surxondaryo va Andijon bo‘linmalarining shahar hamda tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan 100 nafar xodimlar uchun Toshkent shahriga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida xodimlar O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tgan “Yulduzlar oqshomi” gala-konsertida ishtirok etib, madaniy hordiq chiqardilar. Shuningdek, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari, zamonaviy maskanlari hamda Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur sayohat xodimlarning mazmunli dam olishini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, jamoada hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: