Qashqadaryo viloyatida tarmoq tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushma  tashkilotlari uchun o’quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 16 iyun kuni O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan  qashqadaryo viloyatida joylashgan tarmoq tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari ishtirokida o’quv-seminar tashkil etildi. O’quv-seminarda  Qashqadaryo viloyat kengashi raisi A.Yusupov hamda Respublika kengashi Moliya bo’limi mudiri Ibragimova Zarofat Isroilovna hamda  tarmoq tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, taftish komissiyalari, hisobchilari va faollari qatnashdilar.

“Kasaba uyushma tashkilotlarida buxgalteriya hisobotini yuritish, mablag’larning sarflanishida moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish, moliyaviy o’zgarishlar, kasaba uyushmalarida ish yurutishni tashkil etish” mavzusida bo’lib o’tgan o’quv-seminarda Respublika kengashi Moliya bo’limi mudiri Z.Ibragimova Seminar ishtirokchilariga buxgalteyia hamda moliya sohasiga oid dolzarb va kerakli bo’lgan ma’lumotlarni berib o’tdilar.

Seminar savol javob tarzida bo’lib, unda qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Seminardan ko’zlangan maqsad tarmoq tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida moliyaviy savodxonlikni oshirish va bu bilan kelgusida kelib chiqishi mumkin bo’lgan muommolarni oldini olishdir. Kelgusida shu turdagi o’quv-seminarlar respublikamizning boshqa hududlarida ham o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email