Mehnat muhofazasi bo’yicha jamaoatchi vakillar faol ish yuritmoqda
Uch bosqichli jamoatchilik nazorati o'rnatish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, texnika xavfsizligiga rioya qilish, baxtsiz xodisalar sodir…
Ishchi-xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash korxona rahbariyati hamda kasaba uyushmasining doimiy e’tiborida.




Joriy yil davomida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash maqsadida “Toshkent IES” AJ Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Kasimova tomonidan ishlab chiqarish sexlari va bo‘limlarida xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ish joylarining sanitariya holati, xodimlarning maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, dam olish xonalari, korxona oshxonasidagi ovqatlanish sifati hamda tozalik masalalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, zararli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga bepul sut va sut mahsulotlarining o‘z vaqtida, to‘liq hajmda yetkazib berilishi nazorat qilindi.
Tashrif davomida ishchi-xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. O‘rganish yakunida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Xodimlar salomatligi, xavfsizligi va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan bunday ishlar izchil davom ettiriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: