“Buxoro NQIZ” xotin- qizlari o’rtasida Navro’z bayrami munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi

15-16.03.2022y. Joriy yilning 15-16 mart kunlari Navro’z – umumxalq bayrami munosabati bilan “Neftchilar” shaharchasidagi “Yoshlar” mehmonxonasi  sport zalida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xotin-qizlar jamoalari o’rtasida sport musobaqalari tashkillashtirildi.

Musobaqalar sportning 8 turi: voleybol,  arqon tortish, shaxmat, shashka stol tennis, darts, yugurush va gimnastrada turlari bo’yicha bo’lib o’tdi.

An`anaga aylangan ushbu musobaqada zavod tizimida mehnat qilayotgan 50 dan ortiq xotin-qizlar, ishchi xodimlardan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishdi.

Musobaqaga start berilgach, jamoalar o’z iqtidor va kuchlarini sinadilar. Qizg’in baxs va munozaralarga boy bo’lgan kurashlarda ayollar o’zlarining  nafaqat jismoniy, balki aqliy jihatdan ham faolliklarini namoyon etdilar.

 

Manba: «Buxoro NQIZ» KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email