«Hududgaz Navoiy» gaz ta’minot filialida Jamoa shartnomasi  bo‘yicha Hisobot Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

16.03.2022 y.  «Hududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filialida Boshlang‘ich kasaba uyushmasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan tadbirlarning 2021 yilda bajarilishi bo‘yicha Hisobot Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Navoiy viloyat Kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi o‘rinbosari, filial Boshlang‘ich kasaba uyushmasi a’zolari va soha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda ish beruvchi va Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti o‘qib eshittirildi. Bajarilgan ishlar tahlil etilib, qo‘shimcha fikr va tavsiyalar berildi.

Tadbir savol-javob ruhida davom etib, konferensiya so‘nggida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Manba: «Hududgaz Navoiy» gaz ta’minoti filiali KUQ matbuot xizmati

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email