Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VI majlisi» bo’lib o’tmoqda

Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Joriy yilning 27-28-noyabr kunlari “Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VI majlisi» va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi vakillari uchun “Markaziy Osiyoda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va mehnat migratsiyasi sohasida kasaba uyushmalarining hamkorlik strategiyalarini ilgari surish” mavzusidagi xalqaro seminarlari boʻlib oʻtmoqda.

Unda tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Sh.T.Kurbanov hamda Uzbekistan GTL» korxonasi direktor o’rinbosari X.B.Allayorov va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi S.B.Amanovlar ham ishtirok etishmoqda.

Tadbir doirasida joriy yilda oʻtkazilgan «Eng yaxshi ijtimoiy sherik” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimida «Uzbekistan GTL» korxonasiga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email