“O’ztransgaz” AJ da Jamoa shartnomasining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan hisopbot konferensiyasi bo’lib o’tdi

31.03.2022y. “O‘ztransgaz” AJda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Videoaloqa shaklida bo’lib o’tgan tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushma Respublika Kengashi Yoshlar ishlari bo’limi mudiri-yoshlar masalalari bo’yicha rais maslahatchisi B.Abdullayev, Bosh mehnat texnik inspektori S.Saidmaxmudov , «O’ztransgaz» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari, tizim korxonalarining Kasaba uyushma qo‘mita raislari va saylangan delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiyada «O‘ztransgaz» AJ Jamoa shartnomasining 2021-yilda bajarilishi bo‘yicha hisobot o‘qib eshittirildi. Taʼkidlanishicha, Kasaba uyushmalarining mablag‘lari manzilli asosda sarflangan. Jamoa shartnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan taftish komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnomani tasdiqlash va “O‘ztransgaz” AJning 2020-2022-yillar Jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish masalalari ko‘rib chiqildi. Shartnomaning ayrim qismlariga kiritilgan, ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijobiy o‘zgarishlar ma’qullandi.

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email