“Sirdaryo IES” AJ mehnat jamoasining Jamoa shartnomasini 2021 yilda bajarilishi to’g’risida konferensiya bo’lib o’tdi.
30.03.2022y. Joriy yilning 30 mart kuni “Sirdaryo IES” AJ mehnat jamoasining 2020-2022 yillarga belgilangan jamoa shartnmasini 2021 yilda bajarilishi to’g’risidagi hisobot konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ijtimoiy himoya bo’limi mudiri R.Djurayev, Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri I.Isoqov, O’zbekiston Kasaba uyushmalar Federatsiyasi sirdaryo viloyati kengashi vakillari, korxona bosh derektori B.Nurdinov, kasaba uyushma qo’mitasi raisi K.Musayeva hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.
Konferensiyada, ish beruvchi tomonidan korxona bosh derektori B.Nurdinov va kasaba uyushma qo’mitasi raisi K.Musayevalarning hisoboti tinglandi.
Ushbu konferensiyada jamoa shartnomasining barcha bo’lim va bandlari bajarilganligi haqida aytib o’tildi hamda kelgusida rejalashtirilgan vazifalar to’grisida ma’lumot berilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: