“Hududgaz Qoraqalpog’iston” gaz ta’minoti filialida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” mavzusida “Oilaviy spartakiada» tashkil etildi.

 

31.03.2022y. Joriy yilning 31-mart kuni “Hududgaz Qoraqalpog’iston” gaz ta’minoti filiali boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” mavzusida “Oilaviy spartakiada”  bo’lib o’tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sport zalida bo’lib o’tgan spartakiada jamoalar  arqon tortish, akrobatika elementlari, chaqqonlik va merganlik singari sportning bir necha turlari bo’yicha kurash olib bordilar.

Bundan tashqari ushbu “Oilaviy spartakiada” musobaqasida “Eng faol oila”, “Eng chaqqon oila”, “Eng ahil oila” va “G’alabaga intilishi yuqori oila” nominatsiyalari bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi.

Musobaqa so’ngida spartakiada g’oliblar filial boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.   

 

Manba: «Hududgaz Qoraqalpog’iston» gaz ta’minoti filiali KUQ matbuot kengashi

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologia xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati  

Print Friendly, PDF & Email