“Sirdaryo IES” AJ da “Sport-mustahkam oilamiz poydevori” bosh g’oyasi ostida “Oilaviy spartakiada” tashkil etildi

01.04.2022y. 2022 yil 01-aprel kuni “Sirdaryo IES” AJ Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari o’rtasida “Sport – mustahkam oilamiz poydevori” bosh g’oyasi ostida “Oilaviy spartakiada” musobaqasi bo’lib o’tdi.

Musobaqa yakuniy natijalariga ko’ra:

1-o’rinni –1- QTS ishchisi Umid Bobokalonov oilaviy jamoasi;

2-o’rinni –2- QTS ishchisi Axmad Haqqulov oilaviy jamoasi;

3-o’rinni – YOTS ishchisi G’ayrat Raxmatov oilaviy jamoasi qo’lga kiritdi.

Bundan tashqari ushbu “Oilaviy spartakiada” musobaqasida “Eng faol oila”, “Eng chaqqon oila”, “Eng ahil oila” va “G’alabaga intilishi yuqori oila” nominatsiyalari bo’yicha ham g’oliblar aniqlandi.

Spartakiada so’ngida, jami 12 ta oilaviy jamoalar ishtirok etgan musobaqa ishtirokchilari, korxona kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan munosib taqdirlandi.

 

Manba: «Sirdaryo IES» AJ KUQ matbuot xizmati

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email